Olimlar Sahro Kabirning paydo bo‘lishi sababini ma'lum qilishdi
Olimlar xalqaro guruhi Sahro Kabir cho‘lining katta qismi bir necha ming yillar avval o‘simlik bilan qoplangan yerlar bo‘lganini tasdiqlashdi. Ular sayyoramizda eng yirik cho‘lning paydo bo‘lishiga iqlim o‘zgarishlari sabab bo‘lganini aytishmoqda.
Olimlar O‘rta yer dengizidagi, yoshi oxirgi 160 ming yilni qamrab olgan cho‘kindilar namunalarini tahlil qilib, bu davrda yuz bergan iqlim o‘zgarishlarini modellashtirishgan. Dengiz tubidagi cho‘kindi qatlamlari o‘zida Afrika qit'asida o‘sgan o‘simliklar qoldiqlari va qadimiy mollyuska chig‘anoqlarini saqlaydi. Ular orqali o‘tmishda yuz bergan iqlim o‘zgarishlarini modellashtirish mumkin.
Aniqlanishicha, Yer orbitasidagi kichik siljishlar hamda qutb muz qalqonlari hajmining kattalashishi va kichrayishi ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik bilan kechgan namgarchilik davrlarining uzoq davom etgan qurg‘oqchilik davrlari bilan almashib kelishiga olib kelgan. Namgarchilik davrlari odatda 5 ming yil davom etgan, o‘simliklarning o‘sishi uchun unumli sharoitlar esa Shimoliy Afrikadan tortib O‘rta yer dengizi sohillarigacha bo‘lgan hududni qamrab olgan.
Iqlimning o‘zgarishi odamlar hayotida ham keskin o‘zgarishlarga olib kelgan va bu, ehtimol, ularning Sahroi Kabirda katta migratsiyalariga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi
19:40 / 17.11.2024
Olimlar dunyodagi chuchuk suv zaxiralari nega kamayganini tushuntirdi
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
15:31 / 14.11.2024