O‘zbekiston | 11:11 / 01.02.2021
4639
1 daqiqa o‘qiladi
Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
Joriy yilning 3 va 6 fevral kunlari Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida parvozlarni amalga oshiradi.
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qatnov mamlakatda ichki turizm va ishbilarmonlik faolligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Parvozlar jadvali quyidagicha:
- Urganch – Farg‘ona
uchish soat 10:55da, qo‘nish 12:35da;
- Farg‘ona – Urganch
uchish soat 14:05da, qo‘nish 15:45da.
Joriy yilning 11 fevralidan esa haftaning payshanba va shanba kunlari Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovlar muntazam ravishda bajariladi.
Mavzuga oid
11:50 / 26.10.2024
O‘zbekiston bilan Tanzaniya o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
11:07 / 24.10.2024
Farg‘ona markazida ko‘p yillik daraxtlar ko‘chirish yo‘li bilan quritildi. Mas’ullar yolg‘on ma’lumot bermoqda
11:30 / 23.10.2024
Kuvayt Farg‘onada shifoxona qurishi mumkin
07:50 / 22.10.2024