Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangihayot tumani sudiga rais tayinlandi
2021 yil 1 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudiga rais tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq, Bahrom Abdulboqiyevich Toshpo‘latov (sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga) Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi raisi etib tayinlandi.

B. Toshpo‘latov 1975 yilda tug‘ilgan. Faoliyatini Oliy sudda xat tashuvchi sifatida boshlagan. So‘ng sud majlisi kotibi, katta maslahatchisi, kotibiyat boshlig‘i vazifalarini bajargan. 2006 yildan Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa, Toshkent shahar sudlarida sudya, tayinlovga qadar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudi raisi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, yangi sud tarkibi Sergeli, Mirzo Ulug‘bek tuman (Toshkent shahri) hamda Kattaqo‘rg‘on shahar (Samarqand viloyati) sudlarining bittadan sudya va bittadan sudya yordamchisi shtat birliklari hisobiga shakllantirilmoqda.
Bundan avvalroq prezident farmoni bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:16 / 08.05.2026
Sanjar Karimov 5 yilga qamaldi
19:44 / 07.05.2026
Xon Saroy’ning “Bahor Residence” turar joy majmuasi bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda. 6 kishi qamoqda
15:24 / 07.05.2026
Bloger Otabek Bakirovga nisbatan ma’muriy ish tugatildi
17:36 / 24.04.2026