Namangan va Panjob viloyatlari «Birodarlashgan hududlar» deya e'lon qilindi
6 fevral kuni Namanganga Panjob viloyati gubernatori Muhammad Sarvar boshchiligidagi Pokiston delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov delegatsiyani gullar shahrida ko‘rib turganidan mamnunligini aytib, bu tashrif Namangan delegatsiyasining 2019 yilda Pokistonga qilgan safariga amaliy javob bo‘lganini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Namangan viloyati hokimligi va Panjob viloyati hukumati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va turizm sohalaridagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mintaqalararo hamkorlikning amaliy ramzi sifatida Namangan shahridagi «Uch favvora» xiyobonida monument o‘rnatilib, Pokiston Islom Respublikasining davlat bayrog‘i ko‘tarildi.
Namangan va Panjob viloyatlari «Birodarlashgan hududlar» deya e'lon qilindi.
Shu kuni Pokiston delegatsiyasi Namangan viloyatidagi bir nechta sanoat obektlari bilan tanishdi, Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaroniy qadamjosini ziyorat qildi. Ular uchun Namangan shahridagi «Sherdor» majmuasida konsert dasturi namoyish etildi.
7 fevral – tashrifning ikkinchi kunida esa «Shodiyona» tantanalar majmuasida Namangan–Panjob biznes-forumi va «Made in Namangan» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
14:34 / 06.10.2024
Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi etib tayinlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
21:12 / 22.09.2024