Fan-texnika | 20:00 / 08.02.2021
12947
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Mobiuz aksiyasi yakunlanishiga 2 kun qoldi

Foto: Mobiuz

10 fevral oxirigacha «Mobiuz bilan baxtli millionlar» aksiyasi ishtirokchisiga aylanishingiz va 113 ta pulli sovrinlardan birining egasi bo‘lishingiz mumkin.

Mobiuz mobil aloqa operatori abonentlarga o‘z ehtiyojlari uchun Internet-to‘plamni faollashtirishni va shu bilan birga pul sovrinlarini yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritishni taklif qilmoqda. Har bir ulangan to‘plam yutish imkoniyatini oshiradi.

O‘tgan yilning dekabr oyida boshlangan "Mobiuz bilan baxtli millionlar" aksiyasi asta-sekin o‘z yakuniga yetmoqda. Ammo 10 fevralgacha hali vaqt yetarli – har kim qolgan fursatdan foydalanib, omadini sinab ko‘rishi mumkin!

Buning uchun Mobiuzning jismoniy shaxslar uchun tarif rejalaridan biriga ulanib, 35 ming so‘mga 5555 MB maxsus to‘plamini xarid qilish kerak (*102*5555#). Abonent avtomatik ravishda tanlov ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritiladi va sotib olingan to‘plam unga umumiy mukofot jamg‘armasi 1,5 milliard so‘m bo‘lgan aksiyada yutish uchun bitta imkoniyat beradi.

Mobiuz mobil aloqa operatori o‘tgan yilgi “AvtoMOBI” aksiyasining tajribasidan kelib chiqib, barcha hududlardagi abonentlari uchun istisnosiz teng yutib olish sharoitlarini yaratdi. Tanlovda jami 113 ta – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 viloyatning har birida 8 tadan g‘olib aniqlanadi. 

Xususan, har bir hududda besh nafar g‘olib 1 million so‘mdan (jami 70 ta sovrin), bittadan 10 million so‘m (14 ta sovrin), bittadan 20 million so‘m (14 ta sovrin), bittadan 50 million so‘m (14 ta sovrin) yutadi. 350 million so‘mga teng asosiy sovrin barcha ishtirokchilar o‘rtasida o‘ynaladi.

To‘plangan imkoniyatlarni tekshirish uchun *161# USSD-so‘rovidan foydalanish mumkin.

10-fevraldan keyin bosqichma-bosqich abonent raqami tegishli hududga qarab ishtirokchilarning har bir imkoniyatiga noyob ID-kod beriladi. Masalan, agar abonent butun aksiya davomida 7 ta imkoniyat to‘plagan bo‘lsa, unda u 7 ta ID-kod oladi.

Mobil aloqa operatori ishtirokchilarga ularning ID-kodlari, g‘oliblarni aniqlash marosimi sanasi va vaqti haqida ma'lumotni qo‘shimcha ravishda taqdim etadi. G‘olib bo‘lgan ID-kodlar odamlar aralashuvisiz onlayn tarzda tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi.

Bularning barchasi qanday amalga oshishi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun Mobiuzning o‘tgan yilgi “AvtoMOBI” aksiyasi g‘oliblarini aniqlash marosimini tomosha qilishni taklif qilamiz: https://youtu.be/MmkkNPemiOk.

“AvtoMOBI” aksiyasi g‘oliblari bilan ushbu rolik orqali yaqinroq tanishib olishingiz mumkin: https://youtu.be/tsGT1mXWwH0

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid