Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman miqyosidagi davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari tugatiladi
2021 yilgi davlat dasturiga binoan, tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari shtat birliklari hisobidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi.
Shuningdek, davlat dasturiga ko‘ra, yuridik xizmat sifatini optimallashtirish maqsadida 2021 yil 1 aprelga qadar quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilanadi;
- davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma'lumot va jarayonlarni elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi «E-huquqshunos» elektron tizimi bosqichma-bosqich tashkil etiladi;
- yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlarini rag‘batlantirish tartibi joriy etiladi;
- yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bino va moddiy texnika resurslariga mablag‘larni tegishli mahalliy budjet, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi;
- yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini malakali kadrlar bilan ta'minlash choralari ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, hukumat qarori asosida Namangan shahri, Qarshi tumani hamda Marhamat tumanlarida eksperiment tariqasida tuman (shahar) adliya bo‘limlari huzurida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
17:47 / 16.02.2026
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi kiritiladi - Davlat dasturi
17:38 / 16.02.2026