Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati eksperiment tariqasida tashkil etiladi
Davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta'minlash maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Quyidagilar:
Prezidentning “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son farmoni 10-bandiga asosan Namangan shahri va Qarshi tumanida;
Prezidentning 2020 yil 21-22 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 34-son majlis bayonining 146-bandiga asosan Andijon viloyati Marhamat tumanida eksperiment tariqasida budjetdan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tuman (shahar) adliya bo‘limlari huzurida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi.
O‘zbekiston Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlarida qisqartirilayotgan yuridik xizmatlar shtat birliklari ro‘yxati tasdiqlandi.
Belgilanishicha:
a) markazlar:
yuridik shaxs hisoblanmaydi va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining tarkibiy bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritadi hamda bevosita tegishli viloyat adliya boshqarmasiga bo‘ysunadi;
Namangan shahrida 5ta, Marhamat tumanida 4ta, Qarshi tumanida 3ta shtat birliklari (boshliq va yetakchi yuriskonsult lavozimlari)dan iborat bo‘ladi. Bunda, boshliq lavozimi tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlariga ko‘ra — bosh yuriskonsult lavozimiga tenglashtiriladi;
tegishli tashkilotda qonun hujjatlari bilan yuridik xizmatlarga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi;
xodimlariga adliya organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan martaba darajalari va ko‘p yillik xizmatlari uchun ustama haq miqdorlari tatbiq etiladi;
joriy ta'minoti hamda xodimlar mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish uchun xarajatlarni moliyalashtirish - tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
b) mazkur qaror doirasida eksperimentni o‘tkazish davrida ko‘rsatilgan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan markaz bilan kelishilmagan holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiyaning Belarusdagi shubhali harakatlari haqida ogohlantirdi
Jahon | 13:34
-
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 13:32
-
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
Jahon | 13:24
-
Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 13:17
Mavzuga oid

13:31 / 29.04.2025
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish loyihasi amalga oshiriladi

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:51 / 28.02.2025