O‘zbekiston | 08:55 / 09.02.2021
5416
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rmon fondi yerlari auksion orqali ijaraga beriladi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining «Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
O‘rmon fondining foydalanilayotgan yoki foydalanilmayotgan yerlarini ijaraga berish huquqi auksion orqali amalga oshiriladi. Bunda qo‘shimcha kiritilishicha, ushbu yerlar jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki DXSh asosida 3 yildan kam bo‘lmagan va 49 yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
 
Endi o‘rmon fondi yerlarining ijara shartnomalari qabul qilingan namunaviy shartnomaga muvofiq tuziladi.
 
Ijara to‘lovining stavkasi o‘rmon fondi uchastkasining 1 gektari uchun 10 bazaviy hisoblash miqdorini tashkil etadi (ilgari – eng kam stavka 20 bazaviy hisoblash miqdorini tashkil etgan).
 
Ijara to‘lovidan tushadigan mablag‘larning alohida hisobi yuritiladi hamda ular o‘rmonzorlar barpo etish tadbirlariga yo‘naltiriladi.
 
Qaror 29.09.2020 yildagi «Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq qabul qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid