EIZ ishtirokchisi imtiyozlarini saqlab, sudda yutdi
O‘zbekistonda 23ta EIZ faoliyat yuritib, 2020 yildagi sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi deyarli 9 trillion so‘mni tashkil etdi, bu esa mamlakat ishlab chiqarish hajmining 3 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Biznes-ombudsman tomonidan «Sofitel» MChJ shaklidagi qo‘shma korxona manfaatida Chilonzor tuman ma'muriy sudiga da'vo arizasi kiritildi.
Biznes-ombudsman matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, sud jarayonida, «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKning mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli «Sofitel» MChJ erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida bojxona imtiyozlaridan to‘liq foydalanilmaganligiga ahamiyat qaratildi.
Masala nimadan boshlangan?
O‘zbekiston qonunchiligida erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga soliq va bojxona imtiyozlari belgilangan. Shu bilan birga, maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari eksport qilinadigan va import qilinadigan tovarlar uchun o‘ziga qulay bo‘lgan shart-sharoitlardan, to‘lov shakllaridan va hisob-kitoblardan foydalanishga haqlidir. Berilgan imtiyozlarni qo‘llash muddati qanday?
Jizzax erkin iqtisodiy zonasida joylashgan «Sofitel» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi bojxona to‘lovlaridan imtiyozlarni qo‘llagan holda import qilingan tovarlar ro‘yxati «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKga taqdim etilgan. Jamiyat tomonidan taqdim etilgan tovarlar ro‘yxatidagi 24 ta tovardan faqatgina 7 tasiga ijobiy xulosa berilib, qolgan 17 ta tovar «bojxona ombori» rejimida olti oydan ko‘p bo‘lganligi vaji bilan ro‘yxatdan chiqarib yuborilgan. Buning oqibatida, jamiyat tomonidan ushbu 17 ta tovarga nisbatan erkin iqtisodiy zona ishtirokchisiga berilgan bojxona to‘lovlaridan imtiyozi qo‘llanilmay qolgan.
Yuqorida aytilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmi 10 million AQSh dollari va undan yuqori tashkil etgan holda 10 yil muddatga beriladi.
Biznes-ombudsman pozitsiyasi qanday?
EIZ a'zosi ishlab chiqarish faoliyati uchun import qilingan tovarlarni «bojxona ombori» rejimida olti oydan ortiq vaqtga joylashtirish tadbirkorlik sub'yektining faoliyati uchun qulay bo‘lsa, u bunday sharoitdan unga erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida berilgan barcha kafolatlar va imtiyozlar bilan birgalikda foydalanishga haqlidir.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sud qarori bilan mansabdor shaxslarning harakatlari qonunga xilof deb topildi hamda tegishli xulosasini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish majburiyati yuklatildi.
Ma'lumot uchun, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga berilgan soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar bekor qilinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yagona holat – bu yuridik shaxsning maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yo‘qotishi hisoblanadi. Shu bilan birga, qonunda maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi uchun tegishli imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llamaslikning boshqa holatlari keltirilmagan.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024