Toşkentda oson şartlar bilan uy olib berişni va’da qilgan “Credit House” va “In Fin Stroy Invest” bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari yakunlanib, iş mazmunan körib çiqiş uçun sudga yuborildi. Ma’lum bölişiça, iş doirasida ayblanayotganlar 9 kişi. Jabrlanuvçilarning aniq soni va yetkazilgan zarar miqdori haqida aniq ma’lumot yöq.
Toşkent şahrida oson şartlarda uy olib berişni va’da qilgan “Credit House” işi böyiça dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, iş mazmunan körib çiqiş uçun Toşkent şahar sudiga yuborildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Boş prokuraturaning jinoyat işini sudga yuboriş haqidagi xatidan (2025 yil 8 noyabr) ma’lum bölişiça, iş doirasida 9 kişi ayblangan.
Jumladan, Baxtiyor Amzayev, Dmitriy Bajyenov, Robiya Galyamova, Klara Talipova, Ğayrat Mirkamalov va Bahrom Hikmatullayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (uyuşgan guruh tomonidan juda köp miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (mulkiy zarar yetkaziş), 177-moddasi 4-qismi “a,b” bandlari (juda köp miqdorda valuta qimmatliklarining qonunga xilof muomalasi), 178-moddasi 3-qismi (çet el valutasini yaşiriş), 184-moddasi 3-qismi (juda köp miqdordagi soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş), 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 192¹¹-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) va 243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) bilan ayblangan.
Şuningdek, Alişer Şamsiddinovga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v”, 170-modda 2-qismi “a,v”, 177-moddasi 4-qismi “a,b”, 192¹¹-moddasi 2-qismi “a,v” va 243-modda bilan, Şoira Rahimova va Şuxrat Mahamadovga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v”, 170-modda 2-qismi “a,v”, 177-moddasi 4-qismi “a,b”, 178-modda 3-qismi, 192¹¹-moddasi 2-qismi “a,v”, 243-modda bandlari böyiça ayblov e’lon qilingan.
Tergov yakuni böyiça batafsil ma’lumot Kun.uz ixtiyorida mavjud emas. Tahririyatning bu haqida ma’lumot sörab avvalroq içki işlar vazirligiga yöllagan sörovi javobsiz qoldirilgandi.
Eslatib ötamiz, “Credit House” nomi ostida faoliyat yuritib, oson şartlarda uy-joy olib berişni va’da qilgan firmadan minglab fuqarolar aldanib qolgani şu yil mart oyiga kelib











