Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangihayot tumanida yangi savdo va ishlab chiqarish majmuasi tashkil etiladi
MIMAR Development kompaniyasi 71 gektar maydondagi Tashkent INDEX Industrial Export Center – yirik savdo va ishlab chiqarish majmuasini taqdim etadi.
Tashkent INDEX – zamonaviy savdo va ishlab chiqarish majmuasi. Bu tijorat maydonlarining tashkil etilishiga yangicha nigoh bo‘lib, undan rivojlangan transport infratuzilmasi, hordiq maskanlari hamda asosiysi – qulay savdo maydonlari va ishlab chiqarish hududlari o‘rin oladi.
Tashkent INDEX loyihasi aqlli bozor konsepsiyasiga asoslanadi va tadbirkorlar hamda xaridorlar uchun barcha zarur imkoniyatlar bir hududda joylashishini ta'minlaydi.

Ishlab chiqarish zonasi va logistika markazi
Tashkent INDEX hududida maydoni 511 dan to 1283 m² gacha bo‘lgan 120 ta binolar joylashadi va u yerda tadbirkorlarning mahsulot ishlab chiqarishlari, ofis tashkil etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Shu bilan birga, Tashkent INDEX hududida milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorlarga chiqishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Eksport salohiyatini rivojlantirish maqsadida logistika markazi ko‘zda tutilgan. Bu yerda boshlang‘ich jamlash, qayta ishlash, saqlash va yuklarni taqsimlash ishlari amalga oshiriladi. Logistika markazi yaqinida joylashgan katta yuk avtomobillari bazasi evaziga tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonning barcha viloyatlariga hamda qo‘shni mamlakatlarga yuborishlari mumkin.

Savdo zonasi
Majmuaning savdo zonasida maydoni 18 dan to 68 m² gacha bo‘lgan do‘konlar yaratilib, ularda turli mahsulotlar: xo‘jalik mollari, oziq-ovqatdan boshlab kosmetika buyumlari va qurilish mollarigacha bo‘lgan mahsulotlar savdo qilinishi rejalashtirilgan.
Savdo zonasi bu kabi bo‘linishi Tashkent INDEX hududida tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadini ko‘zlagan holda amalga oshirilgan.

Qo‘shimcha qulayliklar
Tashkent INDEX hududida biznes yuritish va xaridlar uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Xususan, tadbirkorlar va tashrif buyuruvchilarning qulayliklari uchun quyidagi xizmatlar ko‘zda tutilgan:
- Umumiy sonda 7500 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargohlar;
- 120 ta xona va maxsus jihozlangan konferens-zaliga ega mehmonxona;
- Banklar filiallari, kafe va restoranlar;
- 24 soatlik qo‘riqlash va obodonlashtirish xizmatlari;
- Majmua hududi bo‘ylab harakatlanuvchi muntazam avtobus qatnovi.
Bundan tashqari, Tashkent INDEX hududida viloyatlararo avtobus va taksi bekatlari yaratilib, O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan ko‘p sonli tashrif buyuruvchilarning muntazam kelib-ketishi inobatga olingan.
Tez kunda Tashkent INDEX sotuv ofisi ochilishi bo‘lib o‘tadi, u yerda savdo, ishlab chiqarish uchun va maydonlarni qulay xarid qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Hozirgi vaqtda Tashkent INDEX hududida tadbirkorlik faoliyati istiqbollari haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish uchun axborot markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Menejyerlar sizni Tashkent INDEX haqida qiziqtirgan savollarga bajonidil javob beradilar.
Axborot markazi: +99855 900 99 99
Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Yangi Sergeli va Qipchoq ko‘chalari kesishuvi.
Mo‘ljal: Sergeli yarmarkasidan 200 metr.
Sayt: mimar.uz
Telegram: t.me/mimargroupuz
Facebook: fb.com/mimaruzbekistan
Instagram: @mimargroup.uz
Reklama huquqi asosida