20 may kuni MIMAR Development kompaniyasining savdo ofisida, Yangihayot tumanida joylaşgan Tashkent INDEX majmuasining işlab çiqariş maydonlarining taqdimoti bölib ötdi. Tadbirga öz işlab çiqariş faoliyatini yölga qöyişda tajribaga ega poytaxt tadbirkorlari taklif qilindi.

Taqdimot Tashkent INDEX quriliş maydoniga maxsus ekskursiya bilan boşlandi. Ekskursiya davomida, taşkilotçilar bu yerda poytaxtning eng katta sanoat parki taşkil etilayotganini ta'kidlab ötişdi. Tashkent INDEX işlab çiqariş zonasining umumiy maydon hajmi 85 ming m² taşkil etadi.

Bu yerda tadbir mehmonlari töğridan töğri majmuaning butun kölamini köriş bilan birgalikda özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va quriliş jarayoni bilan tanişdilar.

Tadbirning ikkinçi qismi Yangihayot tuman hokimligi vakillari va taklif etilgan mehmonlar nutqlariga bağişlandi. MIMAR Development tomonidan taqdimot Tashkent INDEX loyihasida iştirok etayotgan xorijlik mutaxassislar tomonidan amalga oşirildi:

  • Turgay Yeşil – MIMAR Development kompaniyasining boş maslahatçisi;
  • Murat Bozkuş – majmuada xizmat körsatiş korxonasiga mas'ul bölgan MIMAR Service boşqaruv kompaniyasining ijroçi direktori.

Taşkilotçilar Tashkent INDEX Yangihayot tumanida amalga oşirilayotgan eng yirik sarmoyaviy loyihalardan biri ekanligini ta'kidladilar. Tuman hokimligi vakillari Tashkent INDEX yirik sanoat markaziga aylanişiga hamda işlab çiqariş va logistika sohasida bir neça ming yangi iş örinlari yaratilişiga işonç bildirdi.

Samarali işlab çiqariş uçun yangi imkoniyatlar

Turgay Yeşil Tashkent INDEX'da aholi uçun yaratiladigan imkoniyatlar haqida töxtalib ötdi. Xususan, tadbirkorlar töliq jihozlangan işlab çiqariş maydonlariga ega bölişadi. Bu şuni anglatadiki, barça kerakli kommunikatsiyalar töğridan-töğri maydonlarga yetkaziladi: gaz va elektr ta'minoti, havo almaşinuv tizimi, şuningdek quvurlar tizimi. Bundan taşqari, işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlarini namoyiş etişlari uçun maxsus körgazmalar markazi yaratilişi közda tutilgan.