Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov Tokio olimpiadasiga tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligida endilikda bu sohaga ham javobgar bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 2021 yil Tokioda o‘tkaziladigan yozgi olimpiya hamda paralimpiya o‘yinlari oldidan sportchilar va murabbiylarga motivatsiya ulashish, ular musobaqaga ko‘tarinki tayyorgarlik ko‘rishi uchun sharoit yaratish masalalari haqida so‘z bordi.
«O‘zbekistonlik sportchilar hozirgacha Tokioda o‘tadigan yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga jami 42 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan. Hozirda atletlar yana 68 ta litsenziya uchun kurash olib bormoqda. O‘zbekiston sport delegatsiyasi umumiy hisobda olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga 110 ta litsenziyani qo‘lga kiritishni maqsad qilgan, buning uchun imkoniyatlar yetarli», dedi Aziz Abduhakimov yig‘ilishda.

Yig‘ilishda Tokio-2020 o‘yinlarida qatnashuvchi o‘zbekistonlik sportchilar uchun uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilayotgani aytildi. Ma'lum bo‘lishicha, terma jamoalarga 17 ta sport turi bo‘yicha 22 nafar malakali xorijlik murabbiylar jalb etilgan.
Olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy jamoalar joriy yilning 25 iyunigacha 20 ta sport turi bo‘yicha 49 ta xalqaro lisenzion musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda Aziz Abduhakimov barcha viloyatlarning turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchilariga Tokio-2020 yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan hamda litsenziyalar uchun kurash olib borayotgan har bir sportchining ijtimoiy holidan doimiy ravishda xabar olib turish, ularning muammolarini jiddiy o‘rganish va joyida hal qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi, bu ularning nufuzli sport musobaqasiga yanada yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi uchun motivatsiya bo‘lishini ta'kidladi.
Shuningdek, 2025 yil Toshkentda o‘tadigan o‘smirlar IV Yozgi Osiyo o‘yinlariga, 2024 yil Parij shahrida bo‘ladigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga ham tayyorgarlik masalasiga ham e'tibor qaratildi. Ushbu musobaqalarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yoshlar orasida seleksiya ishlarini hozirdan kuchaytirish, ularning puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga doir taklif va mulohazalar tinglandi.
Mavzuga oid
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
13:52 / 23.04.2026
Oxirgi o‘n yilliklarda Markaziy Osiyo muzliklar hajmining 30 foizigacha qismini yo‘qotdi va bu jarayon tezlashyapti – Aziz Abduhakimov
17:39 / 27.11.2025
Toshkentda changga qarshi kurash doirasida o‘nlab favvora va sug‘orish tarmog‘i ishga tushirildi
09:56 / 27.11.2025