Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yerdan foydalanishning eng past narxlari tasdiqlandi
Toshkent shahar hokimining 5 fevraldagi “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini eng past narxini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narxi iqtisodiy zonalar (1-ilova) va tumanlar (2-ilova) kesimida belgilandi.
Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi va tuman hokimliklari:
- auksion orqali realizatsiya qilishga mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini shakllantiradi;
- yer uchastkalari bo‘yicha kelishilgan yoki ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan eng past narxi asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
17:00 / 14.07.2026
Xorijlik investorlarning yer «sotib olishi»: xavotirlar va huquqiy kafolat haqida
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026