O‘zbekistondan Xitoyga mosh eksporti bir yilda uch baravarga oshdi
Xitoyga mosh eksporti hajmi uch baravarga ko‘payib, 2019 yildagi 28 ming tonnadan 2020 yilda 75 ming tonnagacha oshdi.
Xitoy bozorida soya, yashil mosh, loviya, yasmiq va boshqa dukkakli o‘simliklar mahsulotlari keng tarqalgan bo‘lib, ularga talab ham borgan sari ortmoqda. Xususan, mosh har bir xitoylikning ovqatlanish ratsioniga kiritilgan.
Mamlakatning o‘zida yetishtiriladigan hosilning aholi ehtiyojlarini ta'minlashga yetmasligi tufayli Xitoy boshqa mamlakatlardan mosh import qiladi. Asosiy ta'minotchilar Myanma, O‘zbekiston, Indoneziya, Avstraliya va Tailanddir. Moshning yillik iste'mol hajmi yildan yilga o‘sib bormoqda: agar 2018 yilda ushbu mahsulot 89 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2019 va 2020 yillarda bu ko‘rsatkich 113 ming tonna va 205 ming tonnani tashkil etdi.
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi buni inobatga olgan holda mahalliy moshni Xitoy bozorida faol targ‘ib qilmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilda Xitoyga tashrifi doirasida O‘zbekiston o‘simliklar karantini bo‘yicha Davlat inspeksiyasi va XXR Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida "O‘zbekistondan Xitoyga mosh eksport qilish bo‘yicha fitosanitariya talablari to‘g‘risida”gi protokol imzolangandi.
Mazkur protokolning imzolanishi o‘zbekistonlik tadbirkorlarga Xitoyga yashil mosh eksportini yanada oshirishga yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib berdi.
O‘tgan uch yil mobaynida elchixona O‘zbekiston Davlat karantin xizmatiga Xitoy Xalq Respublikasining tegishli idoralarida eksportchi korxonalar ro‘yxatini shakllantirish va muvofiqlashtirishda faol yordam ko‘rsatdi.
O‘zbekistonlik mosh yetishtiruvchilar ham zarur saralash va tozalash uskunalarini hamda zamonaviy laboratoriyalarni ishga tushirdilar. 2021 yilning fevral oyida Xitoy mahalliy bozoriga eksport qilish huquqini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik mosh yetishtiruvchi sub'yektlar soni 54 taga ko‘paydi.
So‘nggi ikki yilda o‘zbek mosh eksportining hajmi uch baravarga ko‘payib, 2019 yildagi 28 ming tonnadan 2020 yilda 75 ming tonnagacha oshdi. Shu bilan birga, Xitoy import qiladigan ushbu mahsulot umumiy hajmida O‘zbekistonning ulushi 26 foizdan 36,5 foizga yetdi.
Shuhrat Umirov,
“Dunyo” AA muxbiri Pekin
Mavzuga oid
21:44 / 27.09.2024
Tanzila Norboyeva Butunxitoy qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi
12:50 / 27.09.2024
Xitoyda eng yangi atom suvosti kemasi cho‘kib ketdi
12:00 / 27.09.2024
Reuters: Rossiya Xitoyda yashirincha yangi UUA modelini yaratdi
23:21 / 25.09.2024