Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrobank: Turkiyaning Eksimbanki bilan uzoq muddatli kelishuv shartnomasi imzolandi
Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar investitsiya muhitiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Koronavirus pandemiyasi xalqaro sheriklar bilan to‘laqonli aloqa qilish imkoniyatini cheklagan hamda karantin talablariga moslashish zaruriyatini talab etayotganiga qaramay, chet ellik hamkorlarning respublikamizga bo‘lgan qiziqishi pasayganicha yo‘q. Agrobank va Turkiyaning Eksimbanki bilan o‘zaro moliyaviy hamkorlik kelishuvi bunga yaqqol misoldir.


Mazkur onlayn marosimda Agrobank umumiy qiymati 25 mln AQSh dollariga teng kredit shartnomasini imzoladi. Shuni ta'kidlash joizki, bank uchun bu tarixiy voqea hisoblanadi, chunki shunday nufuzli moliya muassasasi – Turkiyaning Eksimbanki bilan tuzilgan ilk bitimdir.
Turkiya texnologiyalari bizning bozorda o‘zining afzal jihatlarini namoyon etgani va narx-sifat talablariga javob berishini hisobga olib, ularga bo‘lgan talab oshmoqda, demak bu ularni moliyalashtirish manbalariga bo‘lgan talabni paydo qilmoqda.


Bugun har ikki bank tomonidan qo‘yilgan poydevor bank sohasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi.
Ushbu mablag‘larni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish ko‘plab investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Respublikamizning ish o‘rinlariga muhtoj hududlarida qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil qilishga yordam beradi.
«Agrobank» ATB Matbuot xizmati
Mavzuga oid
19:00 / 14.12.2025
Agrobankning AI500! HAKATON musobaqasi
17:00 / 10.09.2025
«Agrobank»da kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
20:01 / 29.08.2025
Sho‘rlangan yerlarda tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanishi mumkin
14:00 / 05.06.2025