Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kemalari bahsli Yaponiya orollari yaqiniga keldi
Yaponiya dengiz xavfsizlik boshqarmasi Xitoy kemalariga hududni zudlik bilan tark etishi to‘g‘risida ogohlantirish bergan.
Xitoy dengiz politsiyasining ikkita patrul kemasi Yaponiya o‘z territorial suvlari deb hisoblaydigan bahsli Senkaku (Dyaoyuydao) orollari hududiga kirdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, kemalardan biri avtomatik zambarakka o‘xshash qurilma bilan jihozlangan. Yaponiya dengiz xavfsizlik boshqarmasi Xitoy kemalariga hududni zudlik bilan tark etishi to‘g‘risida ogohlantirish bergan.
Yaponiya tashqi ishlar vazirligi Xitoy kemalarining harakati sababli keskin protest bildirgan.
Sharqiy Xitoy dengizidagi kimsasiz Senkaku arxipelagi atrofidagi bahs 2012 yil sentyabrda Tokio bu orollarni ularning egalaridan sotib olgani to‘g‘risida e'lon qilganidan keyin avj oldi. O‘shandan buyon Xitoy kemalari bahsli arxipelag yaqinida suzib yuradi va vaqti-vaqti bilan uning sohilbo‘yi hududiga kiradi.
Mavzuga oid
07:49 / 09.03.2026
Infografika: Xitoy elektromobillarini eng ko‘p kim sotib olyapti?
09:23 / 08.03.2026
CNN: AQSh razvedkasi Xitoy Eronga yordam bermoqchi deb hisoblamoqda
21:45 / 07.03.2026
Si Jinping harbiylarni korrupsiyaga botgan amaldorlarni yashirmaslikka chaqirdi
08:45 / 06.03.2026