O‘zbekiston | 12:10 / 22.02.2021
4038
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Afg‘onistonga boradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Afg‘onistonga bo‘lajak amaliy tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Foto: Sergey Pyatakov

2021 yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘onistonga amaliy tashrif bilan boradi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Mintaqalararo savdo aylanmasini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan qo‘shma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashiladi.

Avvalroq, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan qabul qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid