O‘zbekiston | 12:32 / 26.02.2021
4895
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Qirg‘izistonga boradi 

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Qirg‘izistonga bo‘lajak amaliy tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Foto: Sergey Pyatakov

2021 yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘izistonga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlarining asosiy jihatlari, siyosiy-diplomatik, chegara, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ijobiy sur'atlarini yanada jadallashtirish, mintaqaviy va mintaqalararo darajalarda infratuzilmaviy hamda transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid