Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 12 mart kuni chaqiriladi
2021 yil 26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Senat kengashi majlisida navbatdagi yalpi majlisni 12 mart kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni, shuningdek, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Ekologik audit to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisoboti, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya vazirlarining axborotlari, Surxondaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti eshitilishi nazarda tutilgan.
Yuqori palata axborot xizmati tomonidan e'lon qilingan xabarda qayd etilishicha, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda nazarda tutilgan barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv hamda innovatsiyalarga ko‘maklashish maqsadiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qolaversa, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, kun tartibidan mamlakat maxsus iqtisodiy zonalarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar hamda nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinishi o‘rin olgan.
Senat yalpi majlisi yuqori palataning rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jonli efirda yoritib boriladi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026