Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenkoning o‘g‘li prezident yordamchisi lavozimidan ozod qilindi
Viktor Lukashenko 1997 yildan buyon milliy olimpiya qo‘mitasini boshqarib kelgan otasi Aleksandr Lukashenkoning o‘rnini egalladi.
Foto: DPA
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning to‘ng‘ich o‘g‘li Viktor prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda BeLTA xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 25 fevral kuni prezident tomonidan tegishli farmon imzolangan.
Viktor Lukashenko 26 fevral kuni milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimini egalladi. U qo‘mitani 1997 yildan buyon boshqarib kelgan Aleksandr Lukashenko o‘rniga tayinlandi.
Viktor Lukashenko 2019 yildan buyon milliy olimpiya qo‘mitasining birinchi vitse-prezidenti edi.
Ushbu tayinlov xalqaro olimpiya qo‘mitasining sanksiyalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qo‘mita 2020 yil dekabrda Belarus prezidentining ushbu tashkilot shafe'ligida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda qatnashishini taqiqlagandi.
Mavzuga oid
17:53 / 07.07.2021
Litva migrantlarni to‘xtatish uchun Belarus bilan chegarada devor quradi
13:35 / 06.07.2021
Babariko 2020 yilgi saylovlarda Lukashenkoning asosiy raqibi sifatida ko‘rilgandi. Endi u 14 yilga qamaldi
17:37 / 03.07.2021
Belarus Ukraina bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi
22:55 / 02.07.2021