Jarima - bazaviy hisoblaş miqdorining 5 ming baravariga teng (145 ming belarus rubli yoki 4,2 mln rus rubli). U beş yil muddatda rahbarlik lavozimlarida işlaşi ham taqiqlanadi.

Minskning Moskva tumanida ötgan sudda Babariko juda katta miqdorda pora oliş, jinoiy yöl bilan pul işlaş va pul «yuviş»da ayblandi.

Hukm Oliy sud tomonidan öqilgani bois, apellyatsiya kiritib bölmaydi.

Sud şuningdek «Belgazprombank işi» doirasida boşqa figuralarga ham korrupsiya va pul yuviş jinoyatlari böyiça hukm çiqargan.

Viktor Babariko 2020 yil may oyida Belarus prezidentligi uçun nomzodini ilgari surganini e'lon qilgandi. Öşanda u Lukaşenkoga asosiy raqobatçi sifatida qaralayotgandi. 2020 yil iyunida esa Babarikoning ofisida va uyida tintuv olib borilib, özi qamoqqa olinadi.

Ayblovçi tomon unga 15 yillik qamoq jazosi söragandi.

Babariko - korrupsiya va pul yuviş böyiça ayblovlarni tan olmagan yagona ayblanuvçi böldi. Qolgan figurantlar - Babarikoning sobiq xodimlari - tergov bilan hamkorlik qilişga rozilik bildirgan.

Babariko va uning jamoasi 430 million dollarni Latviya banklariga çiqarib yuborişda ayblangan va bu ayblovning asosiy punktidir.

Şuningdek, ayblovda Babariko va yordamçilari 2004 yildan buyon doimiy pora olib kelgani aytilgan. Mahalliy naşrlarda 16 yil davomida Babariko rahbarligidagi bankning top-menejyerlari umumiy hisobda 11,8 million dollar pora olgani, Babariko Minskda 394 ming dollarga köçmas mulk xarid qilganda «pul yuvgani» keltirilgan.

Uning sobiq hamkasblariga, tergov bilan hamkorlik qilişga rozi bölganlarga prokuror 3 yildan 6,5 yilgaça qamoq jazosi söragan.

Amnesty International taşkiloti Babariko va «Belgazprombank işi» doirasidagi boşqa sudlanuvçilarni «vijdon mahbuslari» deya tan olgan.

Saylovda qatnaşmasligi uçun qamoqqa taşlanganmidi?