Belarus çegaraçilari Ukraina bilan çegarani kuçaytirilgan tartibda qöriqlamoqda, deb ma'lum qildi Belarus davlat çegara qömitasi vakili Anton Biçkovskiy.
"Belarus Respublikasining Ukraina bilan davlat çegarasini qöriqlaş kuçaytirilgan çegara xizmati va çegara nazorati tartibida amalga oşirilmoqda. Ukraina yönalişida çegara naryadlari soni oşirildi", - dedi Biçkovskiy.
Uning sözlariga köra, yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, çegaraning ayrim uçastkalarida fuqarolarning çegaradan ötişlari ustidan nazorat kuçaytirilgan.
"Nazorat punktlari orqali çegarani kesib ötayotgan şaxslarni rasmiylaştiriş mavjud çeklovlar va qöşimça xavfsizlik çoralari asosida amalga oşirilmoqda", - dedi Biçkovskiy.
Juma kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko çegara qöşinlariga Ukraina bilan çegarani töliq yopişni buyurganini ma'lum qilgandi.












