Jahon | 22:11 / 03.03.2021
5005
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya qirolining opalari BAAda emlangani mojaroga sabab bo‘ldi

OAVda Ispaniya qiroli Filipp VI’ning opalari – malikalar Yelena va Kristina BAAda koronavirusga qarshi emlangani haqida tarqalgan xabar ispan jamiyatida keskin munosabatga sabab bo‘ldi.

Malikalar Kristina va Yelena / Foto: G3online

El Diario nashrining xabar berishicha, 57 yoshli malika Yelena va 55 yoshli malika Kristina Abu-Dabida yashayotgan otasi – Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlosni fevralda ko‘rgani borganlarida BAAda koronavirusga qarshi emlanishgan.

Qirol opalarining tanqid qilinishi Ispaniyada emlash dasturi doirasida ular vaksina ololmagan bo‘lishlari, chunki bunda ustuvorlik birinchi navbatda keksa yoshlilarga va yuqori xavf guruhiga kiruvchilarga berilishi bilan bog‘langan. 

Hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi “Podemos” partiyasida qirol opalarining BAAda emlanishi tanqid qilinib, bunday “imtiyozlar” monarxiyani obro‘sizlantirishi aytilgan.

Ispaniyada pandemiya boshidan beri 3,1 mlndan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 69 mingdan ko‘prog‘i vafot etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid