Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda xalqaro «Zardo‘zlik va zargarlik» festivali o‘tkaziladi
Prezidentning “Xalqaro “Zardo‘zlik va zargarlik” festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Buxoro viloyat hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining har ikki yilda bir marta Buxoro shahrida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini tashkil etish, birinchi marta ushbu festivalni hamda festival doirasida “An'anaviy zardo‘zlik va zargarlik san'atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyani 2022 yilning 21-25 may kunlari o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Tashkiliy qo‘mita (A. Aripov)ga:
- festivalni o‘tkazish bo‘yicha ko‘zda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;
- festival sovrindorlariga topshiriladigan diplom, sertifikat, haykalchalar namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklanadi.
Buxoro viloyati hokimligi Buxoro shahrida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini, festival o‘tkaziladigan sahna maydonlari va joylar talab darajasida tayyorlanishini ta'minlaydi.
Buxoro viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda:
- festival doirasida Buxoro shahridagi “Labi hovuz” ansambli maydonidan “Ark” qo‘rg‘oni hududigacha bo‘lgan yon-atrofda zardo‘zlik va zargarlik san'atiga oid turli ko‘rgazmalar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san'at asarlari, qadimiy zardo‘zlik va zargarlik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, hunarmandchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etilishini;
- festival dasturi ishlab chiqilishini va uning festivaldan uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etilishini, Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini;
- festival doirasida milliy liboslar ko‘rgazmali chiqishlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyish etilishini;
- festivalning turizm kalendar rejasiga kiritilishini hamda xorijiy mehmonlar va sayyohlarni festivalga jalb qilish choralari ko‘rilishini ta'minlaydilar.
Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
- 50 foizi - Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;
- 50 foizi – Buxoro viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026