O‘zbekiston | 14:41 / 05.03.2021
4879
1 daqiqa o‘qiladi

Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash tartibi aniqlashtirildi

Hukumatning 4 mart kungi 120-son qarori bilan davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, nizomga ko‘ra bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti miqdori taqdirlash to‘g‘risidagi prezident farmoni, qarori yoki Oliy Majlis palatalarining qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.

“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqi yoki pensiyaga qo‘shimcha ravishda har oyda bazaviy hisoblash miqdorida ustama haq oladi.

Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash AT “Xalq banki”ning barcha filiallari tomonidan amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid