Jahon | 09:14 / 07.03.2021
3699
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Respublikachilar partiyasiga o‘z ismidan foydalanishni taqiqladi - OAV

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning advokatlari Respublikachilar partiyasining uchta tashkilotiga e'tiroz yo‘llab, unda pul to‘plashda va suvenirlarda Trampning qiyofasidan foydalanishni to‘xtatishni talab qilishdi.

Foto: AP

“Janob Tramp Respublikachilar partiyasiga va “Amerika birinchi navbatda” tamoyilini qo‘llab-quvvatlovchi konservatorlar tanloviga sodiq qoladi, biroq bu hech kimga – na do‘stlarga va na dushmanlarga uning qiyofasidan ruxsatsiz foydalanish huquqini beradi”, deb aytgan Trampning maslahatchisi.        

OAVda ta'kidlanishicha, e'tirozlar Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi, respublikachilarni AQSh kongressiga ilgari suruvchi kampaniya va uning yuqori palatasiga yo‘llangan. Tramp maslahatchisining aytishicha, sobiq prezidentga bu tashkilotlar 2021 yilda uning impichmenti uchun ovoz bergan respublikachilarni qo‘llab-quvvatlagani yoqmagan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid