Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi
Bugun O‘zbekistonda juda iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Hududlarning ko‘p qismida kun o‘rtasiga kelib havo harorati 20-22 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, faqat Kavkaz hududlaridan shimoliy hududlarga bulutli massivlar kiradi, bunda Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba'zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin va havo harorati 9-14 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ertaga frontal zona o‘tishida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Payshanba kuni respublika hududining ko‘p qismida yomg‘ir kuzatilmaydi, faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyatida ba'zi joylarda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Juma kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kuni 20-22 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Faqat shimoliy hududlarda ob-havo o‘zgarishni boshlaydi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba'zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati shimoliy hududlarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ushbu davrga qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Mavzuga oid
11:52 / 20.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
12:18 / 19.01.2026
Haqiqiy qish havosi – yanvar oxirida qanday ob-havo kutilmoqda?
12:10 / 19.01.2026
Hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
15:04 / 16.01.2026