Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston poytaxtida balandligi 30 metrli Navro‘z ramzi o‘rnatiladi
Shahar meriyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Navro‘z ramzi ikki tadbirkor tashabbusi bilan ularning mablag‘lari hisobiga o‘rnatilmoqda.
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi «Do‘sti» maydonida Navro‘z bayramiga atab bug‘doy maysasi ko‘rinishidagi ulkan ramz o‘rnatiladi. Bu haqda shahar meriyasidagi o‘z manbasiga tayanib «Aziya-Plyus» xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, uning balandligi 30, diametri 16 metrga teng bo‘ladi.


Maydonga shuningdek, mevali daraxtlar, gullar va Navro‘z bilan bog‘liq turli installyatsiyalar joylashtiriladi.
Meriya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Navro‘z ramzi ikki tadbirkor tashabbusi bilan ularning mablag‘lari hisobiga o‘rnatilmoqda.

«Ular ismlarini va ushbu bezak uchun qancha pul sarflanishini e'lon qilmaslikni so‘rashdi», - dedi u.
Bu yil Tojikistonda Navro‘z tantanalari teatrlashtirilgan tomoshalarsiz nishonlanadi.
Mavzuga oid
16:36 / 21.03.2026
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
14:19 / 21.03.2026
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi
10:15 / 21.03.2026
Shavkat Mirziyoyev xalqni birdamlik va bunyodkorlikka chaqirdi
10:13 / 21.03.2026