Daniya va Shvetsiya orasida sun'iy orol tufayli kelishmovchilik paydo bo‘ldi
Rejaga ko‘ra, Linettholm deb nomlanuvchi orol Daniya poytaxti Kopenhagenni Shvetsiyaning Malmyo shahri bilan bog‘laydigan Eresunn ko‘prigi yaqinida quriladi.
Kopenhagen yaqinida barpo etiladigan sun'iy orol bois Shvetsiya va Daniya orasida kelishmovchilik paydo bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.Shvetsiyaning Skone regioni hukumati fikricha, orol ekologiyaga putur yetkazadi va suv ta'minotiga ta'sir qiladi.
Rejaga ko‘ra, Linettholm deb nomlanuvchi orol Daniya poytaxti Kopenhagenni Shvetsiyaning Malmyo shahri bilan bog‘laydigan Eresunn ko‘prigi yaqinida quriladi. Loyiha shu oyda muhokama qilinishi mo‘ljallangan. Ammo Skone hukumati orol qurilishiga qarshi chiqdi.
"Eresunn – bu chiroyli ekologik muvozanatga ega bo‘g‘oz. Biz uni sog‘lom saqlashga majburmiz. Bu yerda zararlanish xavfi bor va bo‘g‘ozga suv oqimi kelishi kamayishi mumkin. Boltiq dengizi yaxshi holatda emas, shuning uchun kichik o‘zgarish bo‘lishini ham xohlamaymiz", - deya xulosa qildi Skone suv ta'minoti xizmati.
Ammo qurilishni rejalashtirgan By&Havn kompaniyasi vakillari orolning atrof-muhitga ta'sirini obdon o‘rganishgani va ehtimoliy oqibatlar sezilmaydigan darajada ekanligini bildirdi. Kompaniya Shvetsiya tomoni bilan muloqot o‘rnatishga va'da berdi.
Sun'iy orol qurish rejasi 2018 yilda paydo bo‘lgan. Rejaga ko‘ra, Kopenhagen markazidan shimoldagi gavanda 2,8 kvadrat kilometrli maydon quriladi va u yerda uylar bunyod etiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, sun'iy orolda 35 ming kishi istiqomat qilishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:50
O‘zbekistondan Daniya va Norvegiyaga milliy mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
08:00 / 16.10.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Stokholm shahriga keldi
23:11 / 14.10.2024
Daniyada vikinglar davriga tegishli 50 ga yaqin skelet topildi
22:05 / 05.10.2024