Jahon | 21:45 / 10.03.2021
5926
1 daqiqa o‘qiladi

Havayida kuchli suv toshqinlari yuz berdi

Suv toshqinlari oqibatida uylar va ko‘priklarga jiddiy zarar yetgan. Mingdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz qolgan.

Foto: AP

Havayining Marui shahrida suv toshqinlari oqibatida to‘g‘on o‘pirilib, uylar va ko‘priklarga zarar yetdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

 Xabarda aytilishicha, to‘g‘on 8 mart kuni o‘pirilgan. Davomli yomg‘irlar vaziyatni yanada murakkablashtirgan. 

 Suv toshqinlari oqibatida uylar va ko‘priklarga jiddiy zarar yetgan. Mingdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz qolgan.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hududda bunday miqyosdagi suv toshqinlari oxirgi 40 yil ichida yuz bermagan.

Mavzuga oid