Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malakani baholash markazlarining asosiy vazifasi belgilanadi
Vazirlar Mahkamasining “Malakalarni baholash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Malakalarni baholash markazi prezidentning 2020 yil 31 dekabrdagi PQ-4939-son qaroriga ko‘ra, mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tarkibiy bo‘linmasi sifatida tashkil etilgan malakani mustaqil baholash organi hisoblanadi.
Malakalarni baholash markazi tarmoq kengashi tomonidan belgilangan kasb faoliyati turlari bo‘yicha talabgorlar malakasini xolis baholashni amalga oshiradi.
Malakalarni baholash markazi yuridik shaxs sifatida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi, malakani baholash markazi tomonidan beriladigan malaka pasporti haqiqiyligini aniqlash imkoniyatini beruvchi o‘z to‘liq nomiga, shuningdek muhriga (mavjud bo‘lsa) yoki QR-kodiga (mavjud bo‘lsa) ega bo‘lgan malakani baholash muassasasi hisoblanadi.
Malakalarni baholash markazlari o‘z faoliyatlarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi 287-son qarorida belgilangan tartibda va prezidentning 2020 yil 31 dekabrdagi PQ-4939-son qaroriga 3-ilovada belgilangan qamrab olish doirasida akkreditatsiyadan o‘tadi.
Malaka imtihoni:
- ishga (kasbga) talabgor tashabbusiga ko‘ra — ishga (kasbga) talabgor mablag‘lari;
- ish beruvchi yo‘llanmasi bo‘yicha — ish beruvchi mablag‘lari;
- xususiy bandlik agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasida — xususiy bandlik agentligi mablag‘lari;
- kasb-hunarga o‘qitish markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasida — kasb-hunarga o‘qitish markazi mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
Malakalarni baholash markazlarining asosiy vazifasi – talabgorlar malakasining kasb standartlariga ko‘ra belgilangan malaka talablariga, tarif-malaka tavsiflariga va talablariga, shuningdek xodimga malaka talablari qo‘yilgan boshqa normativ hujjatlarga mosligini xolis baholashni tashkil etish va o‘tkazishdan iboratdir.
Malakani baholash markazlarining asosiy funksiyalari quyidagilar:
- talabgorlarga malakani xolis baholashning qoidalari va tartib-taomillari to‘g‘risida zarur axborot taqdim etish;
- tarmoq kengashining rahbarlik va uslubiy hujjatlariga mos ravishda talabgorlar malakasining kasb standartlariga ko‘ra belgilangan malaka talablariga, tarif-malaka tavsiflariga va talablariga, shuningdek xodimga malaka talablari qo‘yilgan boshqa normativ hujjatlarga mosligini malaka imtihoni tarzida xolis baholashni tashkil etish va o‘tkazish;
- talabgorning mavjud malakasini aniqlashda xolislikni ta'minlash mexanizmlarini joriy etish;
- keng va tor ixtisosliklar bo‘yicha ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish;
- malaka pasporti haqidagi ma'lumotlarni Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestriga kiritish;
- talabgorga malaka komissiyasi xulosasini, malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, malaka pasportini rasmiylashtirish va taqdim etish.
Malakani baholash markazlari tarmoq va/yoki hududiy kengashlarning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlariga ko‘ra tegishli tarmoqlarga taalluqli va umumtarmoq kasb malakalari bo‘yicha normativ hujjatlar va standartlarni ishlab chiqishda qatnashish funksiyalarini bajarishi mumkin.
Mavzuga oid
17:51 / 04.07.2026
Baliqchilikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
11:22 / 11.12.2025
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori belgilandi
22:07 / 12.10.2025
O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi
12:50 / 08.08.2025