Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kadastr agentligining Yangiyo‘l tumani bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
Kadastr agentligining Yangiyo‘l tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi tadbirkordan pora talab qilib olayotganda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ma'lum qilinishicha, Kadastr agentligining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.J. “R.M.” MChJ tomonidan qurilgan “Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor” shoxobcha binosining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga, jamiyat rahbaridan 10 tonna sement olib berishni talab qilgan.
S.J. sementni bozor narxida o‘rtacha 10 mln so‘mga hisoblab, dastlab “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi uchun akkumulyator hamda 500 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Yangiyo‘lda o‘zganing 8 sotix yerini 12 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
00:06 / 07.06.2026
Surxondaryoda 4000 dollar evaziga departamentga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
16:01 / 02.06.2026