Sport | 20:34 / 11.03.2021
7745
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada o‘yinlari qatnashchilari Xitoy vaksinasi bilan emlanadi

Ma'lumot berilishicha, vaksina ishlab chiqarilishi XOQ tomonidan moliyalashtiriladi.

Foto: Reuters

Tokio va Pekindagi Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlari qatnashchilari Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina bilan emlanadi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ma'lum qildi, deb xabar bermoqda AP.

«Biz haqiqiy olimpiyacha birdamlik ruhiga mos bo‘lgan ushbu taklif uchun Xitoy olimpiya qo‘mitasidan minnatdormiz», — dedi Bax.

Ma'lumot berilishicha, vaksina ishlab chiqarilishi XOQ tomonidan moliyalashtiriladi.

«XOQ o‘yinlarni qabul qiluvchi mamlakatlar aholisiga taqdim etiladigan qo‘shimcha dozalar uchun pul to‘laydi», — deb ta'kidladi Bax.

Koronavirus pandemiyasi sababli Tokioda 2020 yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan yozgi Olimpiada o‘yinlari 2021 yilga ko‘chirilgandi. O‘yinlar 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladi. Pekindagi qishki Olipiada o‘yinlari esa 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid