O‘zbekiston | 17:05 / 12.03.2021
8060
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda o‘zaro janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi

2021 yilning 10 mart kuni soat 15:20larda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani IIBga “Polvonlar yurti” MFYda yashovchi 55 yoshli Ernazar X. uyida to‘satdan vafot etgani yuzasidan xabar kelib tushgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yil 9 mart kuni soat 19:30larda 39 yoshli Muxtor T. Ernazar X.ni mast holatda yashash uyiga kelayotganini ko‘rib, u bilan janjallashib, tanasining turli joylariga tepib, tan jarohati yetkazgani va hodisa joyidan ketib qolgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, Ernazar X. ariqda yiqilib yotganini qo‘shnilari ko‘rib, uni uyiga olib borib qo‘yishgan. Ernazar X. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Muxtor T.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid