Jahon | 23:25 / 12.03.2021
5201
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada kichik biznes daromad solig‘idan ozod qilinishi mumkin

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 2020 yil oxirida milliy valuta kursining pasayishi fonida qator iqtisodiy va siyosiy choralar amalga oshirilishini aytgandi.

Foto: Picture Alliance/DPA

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an pandemiya davrida mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator choralarni e'lon qildi.

Ushbu choralar doirasida kichik korxonalar past foizli stavka bo‘yicha kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, 850 mingga yaqin kichik biznes obektlari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Erdo‘g‘an davlat xarajatlari qisqarishini ham ma'lum qildi. Ammo Turkiya prezidenti ushbu choralar qachondan joriy etilishiga aniqlik kiritmadi. 

Erdo‘g‘an 2020 yil oxirida milliy valuta kursining pasayishi fonida qator iqtisodiy va siyosiy choralar amalga oshirilishini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid