O‘zbekiston | 10:03 / 13.03.2021
4342
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda fuqarolarni Koreyaga ishga jo‘natishni va'da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishni va'da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Davomida davomida, fuqaro K.A. fuqaro U.A.ning ishonchiga kirib, uni va o‘g‘lini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Koreya Respublikasiga ishga jo‘natib berishni va'da qilib, evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan K.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid