Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada namoyishchilarni tarqatish vaqtida 38 kishi halok bo‘ldi
Myanmada 14 mart kuni o‘tgan norozilik namoyishlarini tarqatish vaqtida 38 kishi halok bo‘ldi, yana 80ga yaqin kishi jarohat oldi.
Myanma siyosiy mahkumlariga yordam uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda fevral boshida hokimiyat tepasiga harbiylar kelgach va ularga qarshi ommaviy noroziliklar boshlangach, kamida 126 nafar namoyishchi halok bo‘lgan. Uyushmada ta'kidlanishicha, aslida qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Ayni vaqtga kelib 2156 kishi ushlangan, ulardan 1837 nafari hamon hibsda ushlab turilibdi. Ulardan 3 kishi qamoq jazosiga mahkum qilingan.
Hukumatning rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, 14 mart kuni namoyishlar vaqtida 23 kishi ushlangan. Biroq bu sonlar huquq himoyachilarining ma'lumotlaridan farqlanmoqda. Ularning ta'kidlashicha, bir kun davomida mamlakat bo‘ylab 100ga yaqin namoyishchi ushlangan.
Myanma harbiylari 1 fevralda harbiy to‘ntaruv amalga oshirib, mamlakat rahbariyatini hibsga olgandi. To‘ntaruvdan keyin mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlangandi.
Mavzuga oid
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
10:39 / 24.04.2026
Dunyodagi opiy va geroin eng ko‘p tayyorlanadigan joy - giyohvand moddalar makoni bo‘lgan Oltin uchburchak
10:26 / 04.04.2026
Myanma harbiy xuntasi rahbari prezident etib saylandi
09:07 / 31.03.2026