Jahon | 22:25 / 16.03.2021
2669
1 daqiqa o‘qiladi

Moderna o‘z vaksinasini bolalarda sinovdan o‘tkazishni boshladi

AQShning Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi mRNA-1273 vaksinasini 6 oylik bolalardan 12 yoshgacha bolalarda sinovdan o‘tkazishni boshladi. Sinovlarda AQSh va Kanadada 6750ga yaqin bola ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Foto: elemens.envato.com

KidCOVE deb nomlangan sinovlar AQShning Allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti (NIAID) hamda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligining Istiqbolli biotibbiy tadqiqotlar boshqarmasi (BARDA) bilan birgalikda o‘tkazilmoqda.

Vaksinaning klinik sinovlari vaqtida uning xavfsizligi, ikki dozasining samaradorligi baholanadi. Dozalar 28 kunlik interval bilan kiritiladi.

Birinchi bosqichda 2 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga ikkita dozirovkadan (50 yoki 100 mikrogramm) bittasi, 6 oylik bolalardan 2 yoshgacha bolalarga esa uchta dozirovkadan (25, 50 yoki 100 mikrogramm) bittasi kiritiladi. So‘ngra mutaxassislar ikkinchi bosqichda qaysi dozirovka qo‘llanishini aniqlash uchun oraliq tahlillarni olishadi. Ikkinchi emlashdan keyin ishtirokchilar ortidan bir yil davomida kuzatuv olib boriladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid