Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'lim vazirligi huzurida yangi kengash tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'limda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishni yanada takomillashtirish va ushbu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyihada oliy ta'limda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning g‘oyaviy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish va bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlarni yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
Qayd etilishicha, bu borada mamlakat rivoji yangi bosqichida belgilab olingan strategik maqsad va vazifalarni amalga oshirishning innovatsion yo‘llari, omillari va vositalarini, milliy taraqqiyot yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan muammolarni, jahon mafkuraviy maydonida millatga nisbatan yuzaga kelayotgan global tahdidlar, ular vujudga kelish sabablari va oqibatlarini chuqur idrok etish asosida g‘oyaviy xurujlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar va milliy manfaatlar taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, kasbga sadoqat ruhiga ega bo‘lgan yuksak malakali vatanparvar kadrlarni tarbiyalash metodologiyasini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida muhim o‘rin tutadi.
Shu bilan birga, loyihada oliy ta'limda ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar g‘oyaviy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish va bu yo‘nalishdagi ilmiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha metodologik kengash tashkil etilishi belgilangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur qarorning tasdiqlanishi oliy ta'lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishni takomillashtirish, yoshlarda g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Mavzuga oid
11:40 / 27.09.2021
Ikkinchi va undan keyingi ta'limni olish tartibi tasdiqlandi
10:27 / 22.09.2021
«Hech qaysi firma talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistondagi OTMga ko‘chirishga oldindan kafolat bera olmaydi» - DTM
14:09 / 21.09.2021
Toshkent viloyatida Koreya universiteti filiali tashkil etiladi
11:29 / 20.09.2021