Shimoliy Koreya Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi Malayziya bilan diplomatik aloqalar uzilishini e'lon qildi. Bunga esa Shimoliy Koreya fuqarosining AQShga ekstraditsiya qilinishi sabab bo‘ldi.
Avvalroq AQShning Federal qidiruvlar byurosi Malayziyada yashovchi shimoliy koreyalik biznesmenni BMT sanksiyalarini buzgan holda Singapurdan Pxenyanga taqiqlangan buyumlarni yetkazishda ayblagan. Malayziya oliy sudi tadbirkorni AQShga ekstraditsiya qilishga ruxsat bergan. Pxenyan esa biznesmen “qonuniy tashqi savdo faoliyati” bilan shug‘ullanganini ta'kidlamoqda.
“Butun dunyo uchun hayratlanarli bu hodisa AQShning dushmanona siyosati tomonidan yaratilgan va mamlakatimizni yakkalash hamda bo‘g‘ishga qaratilgan Koreyaga qarshi fitnaning ochiqcha “mahsuloti” va Malayziya hukumatining AQShga laganbardorlik qilishi hisoblanadi”, deb aytilgan Koreya Markaziy telegraf agentligi bayonotida.
Ushbu voqealar ortida Pxenyan “AQShga yoqish uchun Shimoliy Koreyaga qarshi dushmanona harakat sodir etgan” Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qilganini ma'lum qilgan. Shimoliy Koreya Malayziya hukumati bunday harakatlarning ikki davlat o‘rtasida yuzaga keladigan barcha oqibatlari uchun to‘liq javobgar ekanidan ogohlantirgan.
Pxenyan, shuningdek, AQSh “ushbu hodisaning sahna ortidagi boshqaruvchisi va bosh sababchisi” sifatida “tegishli tovon to‘lashini” aytgan.
Mavzuga oid
13:10 / 21.10.2024
O‘zbekiston Malayziya bilan SI sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatadi
16:31 / 18.10.2024
KXDR Ukrainadagi urushga 12 ming harbiysini yubormoqchi - Janubiy Koreya razvedkasi
11:40 / 18.10.2024
O‘zbekistondan Malayziya bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi
23:22 / 17.10.2024