Jahon | 19:25 / 19.03.2021
8158
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada pandemiyaning uchinchi to‘lqini boshlangani e'lon qilindi

Foto: EPA-EFE/OLIVIER HOSLET

Yevropada koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi va Yevroittifoqning turli mamlakatlarida turlicha sur'atlarda rivojlanmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya rasmiy vakili Dana Spinant ma'lum qildi.

"Biz YeIning turli mamlakatlarida asta-sekin yoki juda tez kechayotgan uchinchi to‘lqinni ko‘ryapmiz. Aholini emlashni tezlashtirish zarurligini ko‘rmoqdamiz", dedi u.

Avvalroq Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan "Yevropada pandemiyaning uchinchi to‘lqinini to‘xtatish uchun vaksina yetarli emas"ligini aytgandi.

Ma'lumot berilishicha, birinchi chorakda YeIning 27 mamlakati Pfizer, Moderna, AstraZeneca kompaniyalaridan 100 mln doza vaksina olishi mumkin. Bu ilgari tuzilgan shartnomalardagiga nisbatan 40 foizga kam demakdir. 

Hozirda Yevropaning qator mamlakatlarida karantin choralari qat'iylashmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid