Jahon | 15:50 / 20.03.2021
8669
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 7,2 balli zilzila yuz berdi 

Foto: globallookpress.com

Yaponiya shimoli-sharqidagi Miyagi prefekturasi sohillarida 7,2 balli zilzila yuz berdi

Zilzila 60 km chuqurlikda yuz bergan.  

Yaponiya meteorologiya agentligi balandligi 1 metrli sunami yuzaga kelishidan ogohlantirdi.

Zilzila tufayli Tohoku Electric Power Co kompaniyasi Onagava atom elektr stansiyasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. Miyagi prefekturasidagi ayrim uylar elektr energiyasisiz qolgan.

Tabiiy ofat oqibatida qurbon bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid