Pokiston 12ta davlat fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlab qo‘ydi
Pokistonning fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi 12ta davlat fuqarolariga mamlakatga kirishni to‘liq taqiqlab qo‘ydi. Bunga ushbu davlatlarda koronavirusga chalinish holatlari soni keskin ko‘payib ketgani sabab hisoblanadi.
Jumladan, Pokistonga Botsvana, Braziliya, Kolumbiya, Komor orollari, Gana, Keniya, Mozambik, Peru, Ruanda, JAR, Tanzaniya va Zambiya fuqarolariga kirish taqiqlandi. Ushbu vaqtinchalik chora 23 martdan 5 aprelgacha amal qiladi.
Shuningdek, 20dan ortiq davlat, jumladan Xitoy, Yaponiya, Avstraliya fuqarolari Pokistonga uchishdan oldin koronavirusga test topshirishlari kerak.
Pokiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 20 mart kuni mamlakatda joriy yildagi eng yuqori kunlik kasallanish darajasi qayd qilingan. Shifokorlar 3,8 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holatini aniqlashgan.
20 martda, shuningdek, Pokiston bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi koronavirusga chalingani ma'lum qilingandi. Bu bosh vazir koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi bilan emlangandan 2 kun o‘tib yuz bergan. Ayni vaqtda Xon o‘z uyida qolmoqda.
Mavzuga oid
14:34 / 06.10.2024
Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi etib tayinlandi
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
14:10 / 10.09.2024