Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Baydenni AQSh chegarasida inqiroz yuzaga keltirishda aybladi
Trampning fikricha, "Baydenning chegara inqiroziga barham berishning yagona yo‘li – muvaffaqiyatsizligini tan olish va Trampning samarali, sinovdan o‘tgan siyosatini qabul qilish".
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp prezident Jo Baydenni AQSh chegarasida inqiroz yuzaga keltiririshda aybladi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning ma'muriyati Bayden ma'muriyatiga "tarixdagi eng xavfsiz chegara"ni qoldirgan, ammo uning sa'y-harakatlari yo‘qqa chiqqan.
"Ular bir tekis ishlayotgan tizimni ushlab tursa kifoya edi. Buning o‘rniga, Bayden ma'muriyati bir necha hafta ichida milliy g‘alabani milliy halokatga aylantirdi", - deya qayd etdi Tramp.
Uning fikricha, "Baydenning chegara inqiroziga barham berishning yagona yo‘li – muvaffaqiyatsizligini tan olish va Trampning samarali, sinovdan o‘tgan siyosatini qabul qilish". U Baydenni "zudlik bilan devor qurilishini nihoyasiga yetkazishga" chaqirdi.
Hozirda Bayden ma'muriyati chegaradagi migrantlar oqimiga qarshi kurashmoqda. CBS News telekanalining ma'lumot berishicha, AQShdagi saqlash punktlarida saqlanayotgan migrant bolalar soni 15 mingdan oshgan.
Bayden va uning ma'muriyatidagi amaldorlar migrantlarni AQShga kelmaslikka chaqirmoqda.
Respublikachilarning fikricha, bunga Trampning keskin migratsion siyosati bekor qilinishi va Meksika bilan chegaradagi devor qurilishining to‘xtatilishi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026