Jahon | 23:03 / 24.03.2021
5566
1 daqiqa o‘qiladi

Finlandiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Finlandiyaning Turku shahrida koronavirusning “afrikacha” turiga o‘xshash yangi shtammi aniqlandi. Olimlarning ta'kidlashicha, ushbu shtamm “afrikacha” turning mutatsiyasi bo‘lishi mumkin.  

Foto: AP

Yangi shtamm mahalliy talabalar orasida tarqalgan. Ularda kasallikning yengil alomatlari paydo bo‘lgani sababli hech kim shifoxonaga yotqizilmagan. Shunga qaramay, ushbu shtamm yuqumli bo‘lib, hozirdayoq u bilan 90ta kasallanish holati qayd qilingan.

“Ushbu shtammda “afrikacha” turga o‘xshash jihatlar aniqlangan, biroq unda boshqa ko‘plab mutatsiyalar ham bor”, deb aytgan mahalliy virusolog Tyutti Vuorinen.

Ta'kidlanishicha, hozircha mutatsiyaning kelib chiqishi noma'lum. Ayni vaqtda olimlar virusning butun genomini olish ustida ishlashmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid