Jahon | 21:31 / 25.03.2021
4333
1 daqiqa o‘qiladi

Mavritaniyada samolyotni egallab olgan xorijlik qo‘lga olindi

Mavritaniya poytaxtida mahalliy aviakompaniyaga qarashli samolyotni egallab olgan xorijlik politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u AQSh fuqarosi hisoblanadi. 

Foto: Wikipedia

“Bugun ertalab o‘zini AQSh fuqarosi deb atagan va samolyotni egallab olgan erkak Nuakshot xalqaro aeroporti hududida qo‘lga olindi”, deb ma'lum qilingan xabarda.

Erkakni qo‘lga olish muvaffaqiyatli va hech qanday yo‘qotishlarsiz o‘tgan. Uning ta'kidlashicha, u Mavritaniya hukumati bilan muammolarga ega bo‘lgan.

Avvalroq Mavritaniya poytaxti Nuakshot shahridagi xalqaro aeroportda noma'lum shaxs ichida yo‘lovchilari bo‘lmagan samolyotni egallab olgandi. U agarda kuch ishlatuvchi tizim xodimlari uni ushlashga harakat qiladigan bo‘lsa, samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan.

Erkakni bunday yo‘l tutishiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid