Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana uchta elektr stansiyasi quriladi
Prezidentning «Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish» hamda «Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan O‘zbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021 yil 20 yanvarda «Aksa Enerji Üretim A.Ş.» (Turkiya) kompaniyasi (investor) hamda quyidagi loyiha kompaniyalari bilan imzolagan investitsiya bitimlari tasdiqlandi:
yangi tahrirdagi «Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida investor tomonidan tashkil etilgan «Aksa Enerji Tashkent» MChJ;
«Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida investor tomonidan tashkil etilgan «Aksa Enerji Bukhara» MChJ.
Investitsiya bitimlariga muvofiq, investor va loyiha kompaniyalari har bir loyiha bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, jami 450 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etadi.
Shuningdek «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va loyiha kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijasida imzolangan yangi tahrirdagi elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlar ma'qullandi.
Bitimlarga muvofiq:
- investor o‘z huquq va majburiyatlaridan loyiha kompaniyalari foydasiga voz kechadi;
- loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini oladi;
- «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni milliy valutada amalga oshiradi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga:
- loyiha kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini 3 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishi ta'minoti sifatida loyiha kompaniyalari foydasiga O‘zbekiston tijorat bankining chet el valutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va sharsiz bank kafolatini taqdim etishga;
- investitsiya loyihalari ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga hamda jalb qilinadigan chet el investitsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini chet el valutasiga bog‘langan holda belgilashga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026