Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga asosiy talablar belgilanmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalar ishlatishni cheklash to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta'minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlardan kam bo‘lmagan talablarga asosan muvofiqligini baholash hamda baholash natijalarini asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga erishish yo‘lidagi ishlarni faollashtirish zarurati paydo bo‘lmoqda.
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalar ishlatishni cheklash to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni ishlab chiqishning asosiy maqsadi - elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida qo‘llaniladigan xavfli moddalarni inson hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhitni muhofaza qilishni ta'minlash, shuningdek xavfsizligi xususida iste'molchilarni chalg‘ituvchi harakatlar oldini olishdan iborat.
Qaror loyihasi bilan tasdiqlanayotgan umumiy texnik reglamentda elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga quyidagi asosiy talablar belgilanmoqda:
- xavfli moddalarni cheklash talablari;
- elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining muvofiqligini baholash;
- tamg‘alash va foydalanish hujjatlariga talablar;
- mahsulotlarni milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash.
Ta'kidlanishicha, mazkur loyiha elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati va realizatsiya qilish sektorini yangi bosqichga olib chiqishi bilan birga, xalqaro va mintaqaviy me'yoriy normalarga uyg‘unlashgan, xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha rivojlangan davlatlarda belgilangan talablardan qolishmaydigan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga zamin yaratadi.
Mavzuga oid
07:21 / 27.02.2026
Ko‘rinmas front: harbiy operatsiyalarni izdan chiqara oladigan elektron tizimlar
15:28 / 16.10.2025
Elektrotexnika sanoatida eksport hajmi 3 mlrd dollarga yetkaziladi
16:00 / 13.10.2025
Elektrotexnika sanoatiga yangi imtiyozlar berilishi mumkin
20:58 / 08.10.2025