O‘zbekiston | 11:13 / 27.03.2021
85676
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi

28-29 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.
   
Qayd etilishicha, 28-29 mart kunlari respublika hududi bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Ba'zi joylarida kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.     

28-29 mart kunlari respublika hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
      
29 martda havo harorati kechasi va kunduzi 6-11 daraja iliqqacha pasayadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid